Asosiy kontentga otish
Namangan davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi taʼlimga (ikkinchi mutaxassislik) hujjat topshirish davom etmoqda!

2026/2027 oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlimga (ikkinchi mutaxassislik) talabgorlar hujjat topshirishlari uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Ikkinchi mutaxasislikka qabul joriy yilning 10-avgust kuniga qadar davom etadi.

Bunda nomzodlar platformada:

oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

Namangan davlat universitetining quyidagi yo‘nalishlariga ikkinchi mutaxassislik uchun qabul davom etmoqda:

Kunduzgi (o‘zbek tili) ta’lim shakli bo‘yicha yo‘nalishlar:
Yurisprudensiya;
Psixologiya;
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili;
Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili;
Tarix
.

Kunduzgi (rus tili) ta’lim shakli bo‘yicha yo‘nalishlar:
Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili.
Kechki (o‘zbek tili) ta’lim shakli bo‘yicha yo‘nalishlar:
Axborot tizimlari va texnologiyalari;
Soliqlar va soliqqa tortish;
Bank ishi;
Buxgalteriya hisobi;
Iqtisodiyot
;
Psixologiya;
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili;
Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili;
Tarix
.
Kechki (rus tili) ta’lim shakli bo‘yicha yo‘nalishlar:
Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili.
Masofaviy (o‘zbek tili) ta’lim shakli bo‘yicha yo‘nalishlar:
Turizm va mehmondo‘stlik;
Sun’iy intellekt;

Axborot xavfsizligi
Axborot tizimlari va texnologiyalari;
Menejment;
Bank ishi;

Iqtisodiyot;
Psixologiya.


Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Call markaz raqami: +998692395006
Ish vaqti: 09:00dan 18:00gacha

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image