Joriy yilning 4-aprel kuni Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.F.22.01 raqamli Ilmiy kengashda quyidagi talabgorlarning dissertatsiya ishlari himoyasi muhokama qilinadi.
Isaqov Ilyosjon Islomjon o‘g‘lining 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha “Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy ximoyasining falsafiy tadqiqi” mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi.
Ilmiy rahbar: Oʻrinboyev Davlatjon Baxtiyorovich falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent
Madumarova Shoxsanam Muxtorali qizining 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda huquqiy madaniyatning o‘rni” mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi.
Ilmiy rahbar: Ismoilov Temur Islomovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Manzil: Namangan shahri, Boburshoh ko‘chasi, Namangan davlat universiteti binosi (2-qavat majlislar zali).