O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 22-iyuldagi 03-1370-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash hamda Namangan davlat universiteti talabalari o‘rtasida kitob mutolaasini targ‘ib etish, badiiy savodxonlikni oshirish va yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida 28-oktyabr kuni Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida navbatdagi adabiy uchrashuv tashkil etiladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston adabiyotining zabardast vakillari, shoir va yozuvchilar talaba-yoshlar bilan samimiy suhbat o‘tkazadilar, o‘z ijod namunalarini o‘qib eshittiradilar hamda kitobxonlikning hayotdagi o‘rni haqida fikr almashadilar.

Loyihaning mehmonlari:

Tohir Qahhor — 1953-yil 9-mayda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. ToshDUning jurnalistika fakultetini bitirgan. «Oqo‘rik», «Oqayotgan daryo», «Osmon kimniki», «Eshik taqillayotir», «Kun ko‘zi», «Yulduzlar mening bog‘im», «Tog‘ning parvozi» kabi she’riy kitoblari nashr etilgan. «Hur Turkiston» maqolalar to‘plami ham bor.

Jabbor Eshonqul —1966-yilda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tavallud topgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini bitirgan. Filologiya fanlari doktori, professor. Qirg‘iziston Manas akademiyasi akademigi, Qirg‘iz Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktori. O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi a’zosi.

Amir Xudoyberdi — 1961-yili Qarshi tumanidagi Shilvi (Shayx Shibliy) qishlog‘ida tavallud topgan. 1985-yilda Toshkent Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. 1994-yildan buyon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi. «Dunyo va men», «Javobsiz savol», «Evrilish», «Yettinchi malak», «Oydin lahzalar», «Devonalarmiz» kitoblari chop etilgan.

Tadbir ma’lumotlari

  • E'lon berilgan kun: 28.10.2025
    10:00
  • Tugash vaqti: 28.10.2025
    13:00
  • Holati:
Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image