Kuni kecha, davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatchilik va yashirin iqtisodiyot bo‘yicha jilovni qo‘lga olish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda jinoyatchilikning barcha turlari qatori narkojinoyatlar, giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’moli, ularning yoshlar orasida avj olib borayotganligi, bu esa xavotirga solayotganligi yuzasidan fikrlar bildirildi.
Darhaqiqat, bu salbiy illatga qarshi kurashishda, biz kabi ziyolilar doimo birinchi qatorda bo‘lishimiz kerak. Bu kabi salbiy illatlarning kelishib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilishimiz hamda unga yechimlar berishimiz shart.
Jumladan, yoshlar orasida narkojinoyatlar, giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’moliga sabab bo‘luvchi eng muhim jihatlar;
- Ruhiy immunitetning pastligi,
- Yengil hayotga mukkasidan ketish,
- Har qanday muammoga “o‘lim og‘usi” iste’molini yechim sifatida bilish,
- Pul topishning oson usuliga o‘rganish,
- Ma’naviyat va tarbiyaning yetishmasligi,
- Boshqalar fikrini to‘g‘ri deb bilish, hayot yo‘lini ular orqali belgilash
va boshqa sabablar ularni osongina bu kabi salbiy yo‘lni tanlashga undamoqda.
Yuqoridagi omillarni inobatga olib har doim yoshlarni nazorat qilishimiz, ularni dunyoqarashi to‘g‘ri yo‘lga solishimiz, insoniylik jihatdan sog‘lom immunitetini rivojlantirishimiz lozim. O‘zimizning burchlarimizni anglagan holda, bu vazifalarni bajarishimiz davlatimiz oldidagi ham qarz ham farzimizga aylanishi kerak.
Abdulbosit SOBIRXONOV
Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar bilan
ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari