YOSHLAR TARBIYASIDA – PEDAGOG HODIMLARNING MAS’ULIYATI KATTA

Xabaringiz bor kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasiga tashrif buyurdi va sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi, shuningdek, Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash bo‘yicha namunaviy amaliyotni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi. Ushbu yig‘ilish online tarzda OAV, ilmiy nashrlarda keng yoritilib borildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan, ushbu ma’ruza orqali juda ko‘p ma’lumotlar, ochiq va oydin haqiqatlar yangradi. Ular orasida ayniqsa yoshlar jinoyatchiligi, huquqbuzarliklar holati, tovlamachilik, firibgarlik va giyohvand moddalarni iste’mol qilish jarayonida ularning ham ishtiroki insonni ranjitadi.

Shu boisdan, barcha fuqarolik institutlari, jamoat va davlat tashkilotlari ushbu sohani jilovlashga o‘z hissasini qo‘shishi kerak va zarurdir. Ayniqsa ta’lim muassasasida tahsil oluvchi talabalar ham bu holatlardan chetdan qolgan emas.

Ushbu masalani hal etishda, profilaktik choralar ko‘rishda pedagog xodimlarning, ustoz-murabbiylarning o‘rni va mas’uliyati katta.

Bu maqsadlarni amalga oshirishda professor-o‘qituvchilar huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar bilan yelkama-yelka ishlari, har qanday holatda tezkorlik bilan profilaktik choralarni ko‘rishlari zarurdir.

Xulosa o‘rnida, bu ishlarni amalga oshirishda universitet rektori bosh butun boshli jamoa hamjihatlikda harakat qilishimiz hamda mas’uliyatni o‘zimizga olishimiz kerak.

A’zamjon RASULOV
Tabiiy fanlar fakulteti dekani

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image