Davlatimiz rahbari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashni yangi bosqichga olib chiqish, barcha idoralarda komplayens va ichki nazorat tizimini kuchaytirish bo‘yicha bildirilgan qat’iy pozitsiya — bugungi islohotlarning mantiqiy davomi va adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Ayniqsa, 2026-yilni korrupsiyaga qarshi kurashda “favqulodda yil” deb e’lon qilinishi har bir rahbar va xodim zimmasiga yanada katta mas’uliyat yuklaydi. Endilikda “lavozimim bor” degan tushuncha o‘z kuchini yo‘qotadi — qonun oldida hamma teng.
Namangan davlat universitetida ham korrupsiyaga qarshi kurashish, komplayens nazoratini kuchaytirish, shaffoflik va halollik tamoyillarini qat’iy qaror toptirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Biz budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish, mansab vakolatlaridan suiiste’mol qilinishining oldini olish, ta’lim muhitida adolat va ishonchni mustahkamlash yo‘lida qat’iy ishlaymiz.
Korrupsiyaga qarshi kurash — faqat nazorat emas, bu avvalo vijdon, mas’uliyat va halollik masalasidir. Ushbu yo‘lda Prezidentimiz belgilab bergan siyosatni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz va unga sodiq qolamiz.
Boyxonov Umidjon
Korrupsiyaga qarshi kurash va komplayens
nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i