Sport  -  milliy g‘urur va xalqaro nufuz timsoli

Davlatimiz rahbarining Oliy  Majlis va xalqimizga qilgan murojaatnomasi vatanimiz taraqqiyotini yuksalishida yana bir muhim strategik ahamiyatga ega mezon ekanligini ta’kidlab, o‘tish joiz. Bugungi, globallashgan davrda mamlakatimiz iqtisodiyoti, bozor munosabatlari, ijtimoiy soha, qonun ustuvorligi, ilm-fan taraqqiyoti va boshqa barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar xalqimiz hayotini yanada yaxshilashga xizmat qilayotganligi hech kimga sir emas. Xususan, bu islohotlarni samarasi o‘laroq, birgina, sport sohasida olib borilayotgan yangilanishlar ham buni yaqqol dalilidir. O‘zbekiston yoshlari jahon arenalarida vatanimiz sha’nini himoya qilar ekan bu millat tarixan buyuk, ulkan ma’naviyatli, yengilmas kuch-qudratli, ekanligi barchamizga ma’lum. Muhtaram Prezidentimiz o‘z murojaatnomasida sport sohasiga alohida to‘xtalib, azm-u shijoatli sportchilarimizning nufuzli xalqaro musobaqalarda erishgan g‘alabalarini mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tgani barcha sport fidoiylari uchun sharafdir.
 
Avvalo, O‘zbekiston futboli uchun 2025-yil chinakam tarixiy yil bo‘ldi. Milliy terma jamoamiz ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Mohir shaxmatchilarimiz Jahon kubogi musobaqalarida munosib ishtirok etdi. Ayniqsa, navqiron grossmeysterimiz Javohir Sindorov eng yosh jahon kubogi sohibi bo‘lgani barchamizga yuksak g‘urur bag‘ishlaydi.
 
Eng muhimi, shaxmat olamidagi yutuqlarimiz shu bilan to‘xtab qolgani yo‘q. O‘tgan haftada 9-17 yoshli shaxmatchilar o‘rtasida “rapid” va “blis” yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatida yurtimiz vakillari 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
 
Bu yilgi Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida jasorat va matonat sohibi bo‘lgan sportchilarimiz 125 ta oltin, 77 ta kumush va 52 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, ishtirokchi davlatlar orasida eng yuqori natijani qayd etdi.
 
Hech shubhasiz, iste’dodli o‘g‘il-qizlarimiz ta’lim, ilm-fan, madaniyat, san’at, sport va boshqa sohalarda erishayotgan katta yutuqlari bilan ham Yangi O‘zbekistonimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shmoqda.
 
O‘quvchi va talabalarimiz joriy yilda xalqaro fan olimpiadalarida 51 ta oltin, 101 ta kumush, 126 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, o‘z bilim va salohiyatini butun dunyoga namoyish qildi.
 
El-yurtimizning faxri bo‘lgan bunday farzandlarimizga, ularning ota-onalari va ustoz-murabbiylariga yana bir bor chin dildan tahsin aytamiz.
 
Ma’lumki, O‘zbekiston kelgusi yili 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga, 2027-yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga, 2029-yilda esa Yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
 
Bu murojaatnomadan nafaqat, sportchilar, ustoz-murabbiylar balki, sohada faoliyat olib borayotgan barcha sport fidoiylari ulkan darajada “kuch” oldi. Prezidentimiz sport - yuksak madaniyat, vatanparvarlik, g‘urur-iftixor tuyg‘usi ekanligini ta’kidlaganlari barcha sport sohasida xizmat qilayotganlarni yuragini to‘lqinlantirdi. Yangi O‘zbekiston sportchilarini kelajak sari dadil va mustahkam qadam tashlashga undadi. O‘zbekistonning ertangi kunini yanada yorqin, istiqbolli va taraqqiyotga yo‘g‘rilgan davlat sifatida namoyon bo‘lishda munosib hissa qo‘shishga chorladi.
 

Rustamjon DADABOYEV,
San’at va sport fakulteti dotsenti

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image