Yuqori intellektual salohiyatga ega kadrlarni tayyorlash - mamalakatimizning ustuvor yo‘nalishidir

Yuqori intellektual salohiyatga ega kadrlarni tayyorlash - mamalakatimizning ustuvor yo‘nalishidir

Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning  Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida "Yuqori intellektual salohiyatga ega kadrlarni tayyorlash - mamalakatimizning ustuvor yo‘nalishidir" deya alohida urg‘u berib o‘tdilar. 

Darhaqiqat, Yuqori intellektual salohiyatga ega kadrlarni tayyorlash bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyotining eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Globallashuv jarayonlari jadallashib borayotgan hozirgi davrda har bir davlatning raqobatbardoshligi, avvalo, uning inson kapitali, ya’ni bilimli, tafakkuri keng, innovatsion fikrlay oladigan mutaxassislariga bog‘liqdir. Shu boisdan ham yurtimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, yosh avlodni zamonaviy bilim va kasb-hunarlar bilan qurollantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.

Yuqori intellektual salohiyatga ega kadrlar nafaqat o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishi, balki mustaqil fikrlash, muammolarni tahlil qilish va innovatsion yechimlar taklif eta olish qobiliyatiga ega bo‘lishi bilan ham ajralib turadi. Bunday kadrlar iqtisodiyot, fan, texnologiya, tibbiyot, ta’lim va boshqa muhim sohalarning jadal rivojlanishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt davrida bilimli, zamonaviy tafakkurga ega mutaxassislar tayyorlash masalasi yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda ularni zamon talablariga mos kasb va malakalar bilan ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim muassasalarida ilg‘or pedagogik texnologiyalar joriy etilib, o‘quv jarayonlari amaliyot bilan uyg‘unlashtirilmoqda. Bu esa kelajakda nafaqat o‘z sohasini mukammal egallagan, balki jamiyat oldidagi mas’uliyatni chuqur his etadigan, vatanparvar va tashabbuskor kadrlar yetishib chiqishiga xizmat qiladi.

Mamlakatimizda yoshlarning bilim olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida yangi ta’lim muassasalari tashkil etilmoqda, o‘quv dasturlari doimiy ravishda takomillashtirilmoqda. Bularning barchasi kelajakda yuqori intellektual salohiyatga ega, vatanparvar va mas’uliyatli kadrlar yetishib chiqishiga mustahkam zamin yaratadi. Zero, barkamol va bilimli avlod — Yangi O‘zbekistonning eng katta boyligi va porloq kelajagining kafolatidir.

Shuhratjon Xaydaraliyev
Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image