Oʻzbekiston va Yaponiya: mustahkam doʻstlik va yangi imkoniyatlar bosqichi

O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat, ishonch va uzoq muddatli strategik manfaatlarga asoslangan holda izchil rivojlanib bormoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar o‘rnatilganidan buyon siyosiy, iqtisodiy, texnik va madaniy-gumanitar sohalarda samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
 
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda olib borilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosat Yaponiya bilan munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Yuqori darajadagi rasmiy tashriflar, hukumatlararo kelishuvlar va qo‘shma loyihalar strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, infratuzilma, energetika, sog‘liqni saqlash, ta’lim va sanoat sohalarida Yaponiya texnologiyalari va investitsiyalarining ahamiyati ortib bormoqda.
 
Yaponiya tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan rivojlanish loyihalari mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishiga, inson kapitalini rivojlantirishga va zamonaviy boshqaruv tajribalarini joriy etishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, madaniy-gumanitar aloqalar, xususan, ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni mustahkamlab kelmoqda.
 
Joriy yilning 18-20-dekabr kunlari muhtaram yurtboshimizning Yaponiya mamlakatiga tashriflari va “Markaziy Osiyo - Yaponiya” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etishlari ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlanishiga katta hissa hissa qo‘shdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tashrif davomida Yaponiyaning yetakchi universitetlari rektorlari bilan uchrashuvlar ta’lim sohasini yanada rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, Sukuba universiteti bilan birgalikda Toshkent shahrida birinchi O‘zbekiston – Yaponiya universitetini tashkil etilishi, biz yoshlarning xalqaro miqyosda ta’lim olishimiz va zamonaviy bilimlarni egallashimiz uchun yana bir katta imkoniyatdir. 
 
O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar bugungi kunda yangi sifat bosqichiga ko‘tarilib, o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni ta’minlashga qaratilgan strategik sheriklik sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image