- Universitet
- Ta'lim
- Axborot xizmati
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Qabul
- Qabul yangiliklari
- Qabul Bakalavriat
- Qabul Magistratura
- Qabul Doktorantura
- Imtixon dasturlari
- Abituriyentlarga eslatma
- Qabul to'g'risidagi nizom
- Texnikum bitiruvchilariga
- Xorijiy abituriyentlarga
- Prezident qaror va farmoyishlari
- Savollar va javoblar
- Imtixon natijalari
- Ikkinchi oliy ta'lim
- Tibbiyot fakultetida qo'shma ta'lim
- Talabalarga
- Qabul
- Bog'lanish
- Raqamli kutubxona
-
O'zbekcha
- Kirish
Davlat ramzlariga ehtirom — Vatan taraqqiyotiga bo‘lgan muhabbat, millat kelajagiga bo‘lgan sadoqat, yurt ravnaqi yo‘lida fidoyilikning eng oliy ko‘rinishidir.
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Munosabat
- Davlat ramzlari...
- 10.12.2025
- 12:58
- 465
Davlat ramzlariga ehtirom — jamiyatning ertangi kuniga bo‘lgan e’tibor, millatning ma’naviy o‘zligini asrab-avaylash, yosh avlodni komillikka yetaklash demakdir. Zero, davlat ramzlari, xususan Davlat madhiyasi xalqning tarixiy tajribasi, ma’naviy qadriyatlari, kelajakka ishonchi va mustaqillik ruhini mujassam etgan muqaddas timsollardir. Madhiyamiz jaranglagan lahzalarda har bir fuqaro qalbida yuksak faxr, Vatanga sadoqat va mas’uliyat tuyg‘usi uyg‘onadi. Bu tuyg‘u millatni birlashtiruvchi kuch, jamiyatni rivojlanishga chorlaydigan ma’naviy mayaqdir.
Davlat madhiyasi — xalqning ruhiy olamiga, milliy o‘zligiga chuqur singib ketgan ramz. Undagi ohanglar va satrlar yurtimizning mustaqil taraqqiyot yo‘lida bosib o‘tgan yo‘lini, buyuk ajdodlarimizning orzu-intilishlarini, bugungi avlodning yuksak marralarga intilishini o‘zida ifoda etadi. Madhiyani hurmat qilish — o‘z tarixini e’zozlash, erkinlik va mustaqillik ne’matiga shukronalik qilish, kelajak avlodga mana shu ulug‘ merosni munosib yetkazish demakdir.
Biz yoshlar qalbida davlat ramzlariga nisbatan hurmat va ehtirom tuyg‘usini mustahkamlashni, ularga madhiyamizning mazmun-mohiyatini chuqur anglatishni, uni qalb bilan his qilishni o‘rgatishni dolzarb vazifalarimizdan biri deb bilamiz. Chunki ramzlarimizni ulug‘lash — yosh avlodni komillik sari yetaklovchi ma’naviy poydevor, ularni Vatan ravnaqi yo‘lida fidoyi bo‘lishga undovchi kuchdir.
Davlat ramzlariga bo‘lgan ehtirom jamiyatning ma’naviy mustahkamligini ta’minlaydi, millatning tarixiy xotirasini saqlaydi, farzandlarimiz qalbida Vatanga muhabbatni chuqur singdiradi. Bu ehtirom ularda fuqarolik mas’uliyati, halollik, intizom, mehnatsevarlik kabi fazilatlarning shakllanishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, madhiyamiz jaranglagan paytda yoshlarning tik holatda, yuksak ehtirom bilan tinglayotganini ko‘rish — bu kelajak uchun eng katta umid, eng yorqin ishonchdir.
Shu bois, madhiyamizni qadrlash — bu faqatgina marosimiy rasm emas, balki milliy ongning uyg‘oqligi, jamiyatning ma’naviy yuksalishiga bo‘lgan intilishning ifodasidir. Davlat ramzlarini ulug‘lagan jamiyat hech qachon o‘z yo‘lidan adashmaydi, mustahkam qadriyatlar asosida ravnaq topadi, buyuk marralar sari dadil odimlaydi.
To‘xtasinov Mira’zam
Ijtimoiy fanlar fakulteti 4-bosqich talabasi