- Universitet
- Ta'lim
- Axborot xizmati
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Qabul
- Qabul yangiliklari
- Qabul Bakalavriat
- Qabul Magistratura
- Qabul Doktorantura
- Imtixon dasturlari
- Abituriyentlarga eslatma
- Qabul to'g'risidagi nizom
- Texnikum bitiruvchilariga
- Xorijiy abituriyentlarga
- Prezident qaror va farmoyishlari
- Savollar va javoblar
- Imtixon natijalari
- Ikkinchi oliy ta'lim
- Tibbiyot fakultetida qo'shma ta'lim
- Talabalarga
- Qabul
- Bog'lanish
- Raqamli kutubxona
-
O'zbekcha
- Kirish
Korrupsiyaga qarshi kurash – Namangan davlat universitetining ustuvor vazifasi
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Munosabat
- Korrupsiyaga qa...
- 09.12.2025
- 15:14
- 447
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Namangan davlat universiteti jamoasi korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz pozitsiyaga sodiq ekanini yana bir bor ta’kidlaydi.
Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, iqtisodiy rivojlanish va inson manfaatlariga jiddiy tahdid soluvchi omil bo‘lib, bugungi kunda butun dunyo uchun dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Shu munosabat bilan universitetimizda shaffoflik va xolislik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaviy xavflarni oldindan aniqlash va bartaraf etish, shuningdek xalqaro talablarga mos komplayens-nazorat tizimini takomillashtirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Universitetimizda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar doimiy ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, huquqiy savodxonlikni oshirish, ochiq muloqotlar tashkil etish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish ishlari muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Universitetimizda har bir talabaning, pedagogning va xodimning murojaati batafsil o‘rganilishi va adolatli hamda shaffof tarzda hal etilishi kafolatlanadi.
Biz korrupsiyaga qarshi kurashni faqat ichki jarayon emas, balki jamiyat oldidagi mas’uliyat deb bilamiz. Namangan davlat universiteti korrupsiyaga nisbatan murosasizlik madaniyatini yanada mustahkamlash va barqaror halollik muhitini ta’minlash yo‘lida o‘z faoliyatini izchil davom ettiradi.
Umidjon Boyxonov
Korrupsiyaga qarshi komplaens-nazorat bo‘limi boshlig‘i