YANGI EKOLOGIYA QO‘MITASI YANGI VAZIFA VA LOYIHALAR  BILAN

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan O‘zbekistonda atrof muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishini oldini olish, tabiiy ekologik muhitni saqlash sohasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu borada muhtaram Prezidentimiz jahonning bir qator xalqaro tashkilotlarida ham o‘z nutqlari bilan ishtirok etib kelmoqda. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yubiley anjumani 80-sessiyasidagi nutqlarida ham Prezidentimiz tobora o‘tkir tus olayotgan iqlim o‘zgarishi muammolariga alohida to‘xtalib o‘tgandilar. Shu bilan birga, Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlarini kamaytirish va Orolbo‘yi ekotizimini qayta tiklash ishlarni izchil davom ettirilayotganligiga butunjahon e’tiborini yana bir bor qaratdi.  

Bu sohadagi islohotlarning yana bir ko‘rinishini sifatida mamlakatimizda 2025- yilni «Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot» yili deb e’lon qilinishini ham ko‘rishimiz mumkin. Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshiriladigan davlat dasturi qabul qilindi va dastur asosida bir qator ustuvor vazifalar amalga oshirildi.

Yuqoridagi islohotlarning mantiqiy davomi sifatida Joriy yilning 18- noyabrь sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etiladi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi esa Vazirlar Mahkamasi tizimidan chiqarilib, uning negizida amaldagi shtat birliklari saqlangan holda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi (qisqacha Ekologiya qo‘mitasi) tashkil etiladi.

Bu esa o‘z navbatida Ekologiya Qo‘mitasi o‘z faoliyatini har qanday davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshirishini anglatadi. Shu bilan birga Ekologiya qo‘mitasining hududiy boshqarma va tuman (shahar) bo‘limlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tuzilmasidan holi ravishda Ekologiya qo‘mitasiga hisobdorligini anglatadi. Tashkiliy tuzilmadagi bu o‘zgarish Ekologiya qo‘mitasini islohotlarni izchil davom ettirishga xizmat qiladi.

Farmon bilan Ekologiya qo‘mitasi vakolatli organ sifatida qulay ekologik holatni barqaror saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish, o‘rmonlarni ko‘paytirish, global iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va cho‘llanishga qarshi kurashish sohalarida yagona davlat siyosati va nazoratini amalga oshirishi belgilab qo‘yildi. Ushbu norma ekologik va iqlim siyosatida yagona boshqaruvni ta’minlab, «Yashil makon» loyihasini kompleks amalga oshirish, o‘rmonlar maydonini kengaytirish hamda cho‘llanishga qarshi kurashish choralarini tizimli tashkil etish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, Farmonda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining asosiy vazifalaridan tashqari, Ekologiya qo‘mitasi bir qator umummilliy loyihalarni amalga oshirish uchun mas’ul sifatida belgilab berildi. Ulardan «Chiqindidan holi hudud» umummilliy loyihasini amalga oshirish alohida ahamiyatga ega. Ushbu loyihani amalga oshirilishini Farmon bilan belgilanishi bejiz emas deb o‘ylayman. Loyihani amalga oshirilishi Mamlakatimizda chiqindilarni qayta ishlash sohasini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Shuningdek, qattiq maishiy chiqindilar hajmi keskin kamaytirishga erishiladi. Chiqindilardan energiya ishlab chiqarish tizimini yaratilishi esa hududlarni iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega deb hisoblayman.

 Ekologiya qo‘mitasiga «Toza havo» umummilliy loyihasini amalga oshirish vazifasini yuklatilgani ham ayni kunda dolzarb masalaning ishonchli yechimi bo‘ldi deb o‘ylayman. Hammamizning xabarimiz bor bir necha haftadan buyon poytaxtimiz Toshkentda kuzatilayotgan chang va ifloslangan havoni muhokamalar markazida bo‘lib turibdi. «Toza havo» umummilliy loyihasini amalga oshirish orqali yuqoridagi kabi muammolarni oldini olish va O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham shunga o‘xshash holatlarni takrorlanmasligi uchun tizimli chora-tadbirlar ko‘rish imkonini beradi. Shu bilan birga atmosfera havosi tarkibi yaxshilashga, shahar aholisi salomatligi muhofaza qilishga, sanoat korxonalarining ekologik javobgarligini oshirishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda amalga oshirib kelinayotgan «Yashil makon» umummilliy loyihasiga qo‘shimcha vazifalarni kiritish hududlarda yashil infratuzilma shakllanishiga, shahar mikroklimati yaxshilanishiga, atmosfera havosidagi changlar miqdorini kamayishiga hamda aholi salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ekologiya qo‘mitasiga yuklatilgan yana bir vazifa «Eko-madaniyat» umummilliy loyihasini amalga oshirishdir. Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida Ekologiya sohasida jamoatchilik ishtiroki kuchayadi, yoshlarda mas’uliyat va tashabbuskorlik rivojlanadi, ekologik biznes modeli shakllanadi. Bu ishlar Yangi O‘zbekistonda zamonaviy, bilim tafakkurga ega atrof – muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘ladigan yoshlarni ko‘payishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, «Bio meros» umummilliy loyihasini amalga oshirish orqali tabiiy bioxilma-xillik saqlash va kelajak avlodga ham yetkazish imkoni paydo bo‘ladi, yovvoyi hayvon va o‘simlik turlarini yoqolish xavfi oldi olinadi, ekosistemaning iqtisodiy qiymati baholanib, muhofaza kuchayadi, ilmiy asoslangan bio-menejment shakllanadi deb hisoblayman.

 Biz Namangan davlat universitetining Geografiya va ekologiya asoslari kafedrasi jamoasi Ushbu oqilona siyosat orqali belgilab berilgan loyihalarni amalga oshirishda Ekologiya qo‘mitasini qo‘llab quvvatlaymiz. Davlatimiz rahbari tomonidan ekologiya va atrof-muhitni asrash sohasida ilgari surayotgan muhim tashabbuslarini yuksak e’tirof etib, shu kabi tashabbuslarni amalga oshirilishida doimiy ravishda o‘z hissamizni qo‘shib boramiz.

Geografiya va ekologiya asoslari kafedrasi dotsent I.R.Soliyev

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image