Asosiy kontentga otish

NAMDU

Inamova Sayyora Axmad qizi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi

Bugun, 13-dekabr kuni Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli Ilmiy kengash majlisida Inamova Sayyora Axmad qizining 13.00.02 - “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Pedagogika yo‘nalishi talabalariga chet til o‘rgatishda mustaqil ta’limni tashkil etish texnologiyasi” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

🗳 Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot muhim va dolzarb ilmiy muammo sifatida e’tirof etildi, ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yuqori baholandi. Kengash a’zolari tomonidan dissertatsiyaga ijobiy baho berildi va Inamova Sayyora Axmad qiziga Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.

💐👏Universitetimiz nomidan Sayyora Axmad qizini ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz, hamda kelgusi ishlarida bardavomlik tilaymiz.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Цифровая библиотека"

www.namdu.uz

Начните обучение с системы "Электронная библиотека".

image